Maqsad va vazifalari

O'zbek Endokrinologiya va Metabolizm Jurnali akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi nashri hisoblanadi. Jurnal O‘zbekistonda endokrinologiya va metabolizm sohasida olib borilgan eng so‘nggi tadqiqotlarni nashr etishga intiladi. Shuningdek, jurnal boshqa mamlakatlardan ham qiziqarli ilmiy maqolalarni qabul qiladi.

Jurnal epidemiologiya, etiopatogenez, diagnostika, terapevtik aralashuvlar va endokrin kasalliklarning oldini olishga oid tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor klinik endokrinologiya va metabolizm jihatlariga qaratilgan bo‘lsa-da, klinik ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental ilmiy tadqiqotlar ham qabul qilinadi.

Jurnal asl ilmiy maqolalar, tahliliy maqolalar, qo‘llanmalar, sharhlar va muharrirga maktublarni nashr etadi. Barcha qo‘lyozmalar ikki tomonlama anonim ekspertiza jarayonidan o‘tadi, bunda har bir maqola kamida ikki nafar rasmiy ekspert tomonidan baholanadi. Nashrga chiqarish bo‘yicha yakuniy qarorni muharririyat a’zolari va ekspertlarning fikrlari asosida bosh muharrir qabul qiladi.

Nashr qilish chastotasi

Yiliga to‘rt marta (mart, iyun, sentabr va dekabr oylarida).

Xalqaro standartlar

Jurnal ICMJE, CSE, WAME va COPE tomonidan belgilangan xalqaro tahririy siyosat va nashriyot etikasi standartlariga to‘liq rioya qiladi.

Ochiq foydalanish siyosati va mualliflik huquqlari

Jurnal onlayn versiyada bepul taqdim etiladi. Barcha onlayn kontent CC BY litsenziyasi asosida ochiq foydalanish siyosati doirasida qo‘llaniladi. Nashr etilgan maqolalar mualliflik huquqi jurnalga tegishli.

Mas'uliyatdan voz kechish

Nashrga taqdim etilgan va chop etilgan maqolalarning mualliflari o‘z maqolalarining mazmuni, ma’lumotlarning to‘g‘riligiga to‘liq javobgardirlar. Nashr etilgan maqolalarda ifoda etilgan fikrlar uchun muharrirlar va tahririyat hay’ati majburiy javobgar hisoblanmaydi.

Dori vositalari bo‘yicha rad javobi

Muharrirlar va tahririyat hay’ati maqolalar yoki reklamalar ichida keltirilgan dori vositalari, ularning savdo nomlari va tijorat mahsulotlarini tasdiqlamaydi va ularga hech qanday aloqador emas. Muharrirlar va tahririyat hay’ati maqolalarda tilga olingan dori vositalari, diagnostika va laboratoriya to‘plamlari hamda uskunalar haqida imkon qadar aniq ma’lumot berilishini ta’minlashga harakat qiladi. Reklamalarda bunday ma’lumotlarni aks ettirishda normativ siyosat va sanoat standartlariga rioya qilish talab etiladi. Xatoliklar aniqlangan taqdirda bu haqda xabar berish lozim.

Arxivlash

Publication.uz: Ilmiy Jurnallar Bazasi

Indekslash

O‘zbek Endokrinologiya va Metabolizm Jurnali maqolalari Google Scholar tizimida indekslanadi.

Tashkilotchi

Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

Moliyaviy siyosat

Jurnal mualliflar uchun nashr qilish jarayonini bepul ta’minlaydi.
Muharririyat mualliflardan maqolani tayyorlash, topshirish va chop etish uchun hech qanday to‘lov talab qilmaydi.

Axborotni oshkor qilish siyosati va manfaatlar to‘qnashuvi

Taqdim etilgan qo‘lyozmalardan olingan nashr qilinmagan ma’lumotlarni muallifning yozma roziligisiz shaxsiy tadqiqotlarda ishlatish mumkin emas. Ekspertiza jarayonida olingan ma’lumotlar yoki g‘oyalar shaxsiy manfaat uchun ishlatilmasligi va maxfiy saqlanishi kerak.

Retsenzentlar mualliflar, kompaniyalar yoki maqolaga aloqador tashkilotlar bilan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lgan holatlarda maqolani baholashda ishtirok etmasliklari lozim.

Plagiat va nusxa ko‘chirish

O‘zbek Endokrinologiya va Metabolizm Jurnali muharririyati taqdim etilgan maqolalarni Antiplagiat tizimi orqali tekshirish huquqiga ega. Agar ko‘p miqdorda nusxa ko‘chirish aniqlansa, muharririyat COPE qoidalariga muvofiq harakat qiladi.

Preprint va postprint siyosati

Muallif maqolani taqdim etishda, uning ilgari boshqa ilmiy jurnalda chop etilmaganligini yoki nashrga qabul qilinmaganligini tasdiqlashi kerak. O‘zbek Endokrinologiya va Metabolizm Jurnali da chop etilgan maqolaga murojaat qilinganda, rasmiy jurnal saytiga to‘liq URL havola berish so‘raladi.

Mualliflar tomonidan ilgari shaxsiy yoki jamoat veb-saytlarida joylashtirilgan, boshqa nashriyotlarga tegishli bo‘lmagan maqolalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.

Xulosa

Bu bo‘lim Elsevier nashriyoti (http://health.elsevier.ru/attachments/Editor/file/ethical_code_final.pdf) va Xalqaro Nashr Etika Qo‘mitasi (COPE - http://publicationethics.org/) materiallari asosida tayyorlangan.


ISSN 0000-0000 (Online)